Aktivlar
Xususiy mijozlarga

Aktivlaringizni boshqarishda yuridik hamrohlik — bu kapitalingizning ishonchli himoyasi va ertangi kunga boʻlgan ishonchdir. Biz risklarni minimallashtirgan va qonunchilikka toʻliq rioya etilishini taʼminlagan holda, mulkingizni saqlab qolish hamda koʻpaytirishga yordam beramiz. Bizning xizmatlarimiz soliq maqbullashtirish, individual egalik tuzilmalarini (masalan, trastlar yoki xoldinglarni) yaratish, aktivlar bilan bogʻliq bitimlarni tarkiblashtirish, sud nizolari hamda uchinchi shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilishni oʻz ichiga oladi.

Xizmatlar

  • Koʻchmas mulk

    Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni tekshirish, oldi-sotdi shartnomalarini huquqiy hamrohlik qilish va huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish, quruvchilar bilan nizolar, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish, ipoteka va garov masalalari.
  • Transport

    Havo, dengiz va yerusti transport vositalarini sotib olish hamda begonalashtirishni huquqiy hamrohlik qilish, olib kirish, olib chiqish va foydalanishga topshirish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni olish, ijara va lizing masalalari.
  • Mulkiy huquqlar

    Aksiyadorlar (ulush, pay egalari)ning korporativ huquqlarini amalga oshirishni huquqiy hamrohlik qilish, umumiy yigʻilishlar qarorlarini qonunga xilof deb topish, registratorlar va nazorat qiluvchi organ oldida manfaatlarni himoya qilish.
  • Kripto-aktivlar va qimmatli qogʻozlar

    Kripto-aktivlarni qonunchilik talablariga muvofiq qonuniylashtirish, kripto-aktivlarga boʻlgan huquqlarni himoya qilish, maʼmuriy va jinoiy ishlar boʻyicha yuridik himoya, qimmatli qogʻozlar boʻyicha huquqlarni amalga oshirishni tashkil etish.
  • Bitimlar

    Mijoz vazifalariga mos keladigan shartnoma konstruksiyalarini tanlash, shartnoma loyihalarini tayyorlash, risklarni baholash va koʻrsatib oʻtish, mulkni tasarruf etish boʻyicha bitimlarni huquqiy tarkiblashtirish.
  • Boshqaruv

    Tashkiliy tuzilmalarni (fondlar, jamiyatlar, ishonchli boshqaruvni) taʼsis etishni huquqiy hamrohlik qilish, mulkni sugʻurta qilishni tashkil etish, sugʻurtalovchi bilan boʻladigan nizolarda yuridik hamrohlik qilish.
  • Sud orqali himoya qilish

    Mol-mulkni boshqaning qonunsiz egaligidan qaytarib olish, mol-mulkka egalik qilishdagi toʻsqinliklarni bartaraf etish, mulk huquqini tan olish, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar qarorlari ustidan nizolashish, soliq organlari bilan nizolar.
Biz bilan bog‘laning. Biz sizga huquqiy yordam ko‘rsatishga va savollaringizga javob berishga tayyormiz:
E-mail: legal@lavh.uz
Телефон: +998 73 200 07 08