O'zbekiston qonunchiligida nikohni bekor qilish jarayonida oilani saqlab qolish, er-xotinlarni yarashtirishga qaratilgan turli xil chora-tadbirlar joriy qilingan va bu jarayonlar bir yilgacha bo'lgan davr mobaynida davom etishi mumkin. Nikohni bekor qilish bilan bo'g'liq masalalar tez va muvaffaqiyatli hal etilishi ko'p hollarda oilaviy munosabatlarni dastlabki yuridik tahlili va unga muvofiq ishlab chiqilgan oilaviy munosabatlarni yakunlash rejasiga bo'g'liq. Bu jarayonlarda advokatning ishtiroki nikohni bekor qilish masalasini sudda ko'rib chiqilishi sezilarli darajada tezlashtiradi va nikohni bekor qilish talabini sud tomonidan rad etilishi ehtimolini keskin pasaytiradi.