Mehmonxona ishini legallashtirish va himoya qilish:
litsenziyadan tortib mijozlar bilan shartnomalargacha
«Start paket»: biznesni tashkil etish va legallashtirishni kuzatib borish
Tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash: Oʻzbekiston qonunchiligi oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, YATT yoki yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishni tanlash boʻyicha maslahatlar.
Tadbirkorlik subyektini Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Mehmonxona biznesi uchun litsenziya olish.
Turistik xizmatlarga muvofiqlik sertifikatlarini olish boʻyicha maslahatlar.
«Antikrizis paketi»: tekshirishlar va nizolarda himoya qilish
Turistlarning shikoyat va eʼtirozlari boʻyicha huquqiy himoya: asoslantirilgan javoblarni tayyorlash, nizolarni sudgacha hal qilish.
Turistlarning daʼvolari boʻyicha (sifatsiz xizmatlar, zararni qoplash toʻgʻrisida) sudlarda mehmonxonalar manfaatlarini himoya qilish.
Nazorat qiluvchi organlarning tekshirishlarida advokat hamrohligi.
Yuridik autsorsing: shartnomaviy ishlar va hujjatlar aylanmasi
Turistlar va kontragentlar (agregatorlar, tashuvchilar (aviatsiya, temir yoʻl, avto), ekskursiya yetakchilari (gidlar), sugʻurta kompaniyalari) bilan shartnomalar ishlab chiqish;
Turagentlar bilan turlarni realizatsiya qilish boʻyicha agentlik shartnomalarini tayyorlash.
Mijozlar uchun namunaviy shakllarni tayyorlash: shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik, turist eslatmasi va boshqalar.
«Rivojlanish» paketi: audit va risklarni baholash
Kompaniyaning biznes-jarayonlarini turizm va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi risklar hamda qonunbuzilishlarni aniqlash boʻyicha yuridik auditi.
Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni (ijara, sotib olish, qurilish) yuridik jihatdan kuzatib borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimlar (gidlar, menejerlar, haydovchilar) uchun mehnat shartnomalari va ichki hujjatlarni ishlab chiqish.
Tovar belgisini (mehmonxona brendini) roʻyxatdan oʻtkazish.
«Mehmon paketi»: xalqaro faoliyatni huquqiy qoʻllab-quvvatlash
Xorijiy turistlarning Oʻzbekistonga kirishi va boʻlib turishining amaldagi qoidalari boʻyicha maslahatlar (viza masalalari, roʻyxatdan oʻtish tartibi).
Chet ellik hamkorlar (xorijiy turoperatorlar, aviakompaniyalar, chet eldagi mehmonxonalar) bilan tuzilgan shartnomalarni huquqiy tahlil qilish.
Taʼlim va treninglar
Xodimlar uchun quyidagi sohalarda qonunchilik talablariga rioya qilish boʻyicha seminar va treninglar oʻtkazish:
turizm
reklama
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
keyslarni va potensial xavfli vaziyatlarni tahlil qilish.
Reklama va marketing
Reklama materiallari (maketlar, videoroliklar, audioyozuvlar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, tarqatmalarni) nashr etilishidan oldin huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.
Ofertalar, aksiya, konkurs va lotereyalarning toʻgʻriligini tekshirish.
Reklamaning oshkor qilinishi qoidalariga rioya etilishini tahlil qilish (native reklama, blogerlar bilan ishlash).
Marketing maqsadlarida shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish masalalari boʻyicha maslahatlar.
Qonunbuzilishlarni oʻz ichiga olgan, allaqachon nashr etilgan reklamalarni proaktiv aniqlash va tez fursatda bartaraf etish.
Reklama agentliklari, blogerlar va hamkorlar bilan tuziladigan shartnomalarni tayyorlash.
Aksiyalar, konkurslar va lotereyalarni oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqish.
Notoʻgʻri reklama masalalari boʻyicha raqobatchilar va nazorat qiluvchi organlar bilan boʻladigan nizolarda manfaatlarni himoya qilish.
Qonunbuzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar va sud qarorlari ustidan shikoyat qilish.
Raqobatchilarning notoʻgʻri reklamasi yuzasidan nazorat qiluvchi organlarga shikoyatlar kiritish, shuningdek, biznesni asoslanmagan daʼvolardan himoya qilish.
Qiyosiy reklamani huquqiy tahlil qilish, obroʻsizlantirishga va isteʼmolchilarni chalgʻitishga qarshi kurashish.
Biz bilan bog‘laning. Biz sizga huquqiy yordam ko‘rsatishga va savollaringizga javob berishga tayyormiz: