Tibbiyot faoliyatini qonuniylashtirish va himoya qilish:
Litsenziyadan tortib mijozlar bilan shartnomalargacha
«Start paket»: Biznesni tashkil etish va qonuniylashtirishni kuzatib borish
Tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash: Oʻzbekiston qonunchiligi oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda MChJ, AJ, YaTT.
Tadbirkorlik subyektini Yagona davlat reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Tibbiyot faoliyati uchun litsenziya olish.
Litsenziya talablariga muvofiqlikni baholash.
«Antikrizis paket»: Tekshirishlar va nizolarda himoya qilish
Bemorlarning shikoyat va eʼtirozlarida huquqiy himoya: asoslantirilgan javoblar tayyorlash, nizolarni sudgacha hal etish.
Bemorlarning daʼvolari boʻyicha (sifatsiz xizmatlar, zararni qoplash toʻgʻrisida) sudlarda klinikalarning manfaatlarini himoya qilish.
Nazorat qiluvchi organlarning tekshirishlarida advokatlik himoyasi.
Huquqiy autsorsing: shartnomaviy ishlar va hujjatlar aylanmasi
Bemorlar bilan tibbiy xizmat koʻrsatish shartnomalarini ishlab chiqish.
Bemorlar uchun namunaviy shakllarni tayyorlash: shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik, tibbiy aralashuvga rozilik, biometrik maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik va boshqalar.
Kontragentlar bilan shartnomalarni tayyorlash: sugʻurta tashkilotlari, yetkazib beruvchilar va boshqalar.
«Rivojlanish» paketi: Audit va risklarni baholash
Kompaniyaning biznes-jarayonlarini tibbiyot va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi risklar hamda qonunchilik buzilishlarini aniqlash boʻyicha huquqiy auditdan oʻtkazish.
Koʻchmas mulk bitimlarini huquqiy kuzatib borish (ofisni ijaraga olish, sotib olish).
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimlar (shifokorlar, tibbiyot xodimlari, haydovchilar va boshqalar) uchun mehnat shartnomalari va ichki hujjatlarni ishlab chiqish.
Tovar belgisini (tibbiyot klinikasi brendini) roʻyxatdan oʻtkazish.
Davlat-xususiy sheriklikni huquqiy qoʻllab-quvvatlash
Soliq va bojxona qonunchiligi sohasidagi amaldagi imtiyozlar boʻyicha maslahatlar berish.
Tibbiy asbob-uskunalarni sotib olish boʻyicha lizing shartnomalarining huquqiy tahlili.
Reklama va marketing
Reklama materiallarini (maketlar, videoroliklar, audioyozuvlar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, tarqatmalarni) eʼlon qilinishidan oldin huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.
Ofertalar, aksiyalar, konkurslar va lotereyalarning toʻgʻriligini tekshirish.
Reklamaga xos xususiyatlarni ochib berish qoidalariga rioya etilishini tahlil qilish (tabiiy reklama, blogerlar bilan ishlash).
Marketing maqsadlarida shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish masalalari boʻyicha maslahatlar berish.
Qonunbuzilishlarini oʻz ichiga olgan, allaqachon eʼlon qilingan reklamalarni proaktiv tarzda aniqlash va imkon qadar tezroq bartaraf etish.
Reklama agentliklari, blogerlar va hamkorlar bilan shartnomalarni tayyorlash.
Aksiyalar, konkurslar va lotereyalarni oʻtkazish qoidalarini tuzish.
Notoʻgʻri reklama masalalari boʻyicha raqobatchilar va nazorat qiluvchi organlar bilan yuzaga keladigan nizolarda manfaatlarni himoya qilish.
Qonunbuzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar va sud qarorlari ustidan shikoyat qilish.
Raqobatchilarning notoʻgʻri reklamasi boʻyicha nazorat qiluvchi organlarga shikoyatlar kiritish, shuningdek, biznesni asossiz daʼvolardan himoya qilish.
Qiyosiy reklamani huquqiy tahlil qilish, obroʻsizlantirishga va isteʼmolchilarni chalgʻitishga qarshi kurashish.
Biz bilan bog‘laning. Biz sizga huquqiy yordam ko‘rsatishga va savollaringizga javob berishga tayyormiz: