Aktivlar
Fuqarolar uchun
Aktivlaringizni boshqarishda yuridik hamrohlik — bu kapitalingizning ishonchli himoyasi va ertangi kuningizning barqaror kafolati. Biz mol-mulkingizni saqlash va ko‘paytirishga yordam beramiz, xavf-xatarlarni minimallashtirib, qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlaymiz.

Xizmatlarimiz tarkibiga soliq yukini optimallashtirish, individual egalik tuzilmalarini (masalan, trast yoki xolding) yaratish, aktivlar bilan bog‘liq bitimlarni tuzish va tuzilmalashtirish, sud jarayonlari hamda uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlaridan himoya qilish kiradi.

Xizmatlar

  • Ko'chmas mulk

    Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tekshirish, oldi-sotdi shartnomalarini va mulk huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini yuridik qo‘llab-quvvatlash, quruvchilar bilan yuzaga keladigan nizolarni hal qilish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish, ipoteka va garov masalalariga doir yuridik xizmatlar.
  • Transport

    Havo, dengiz va quruqlik transport vositalarini xarid qilish va begonalashtirish jarayonlarida yuridik hamrohlik, olib kirish, olib chiqish va ekspluatatsiyaga ruxsat beruvchi hujjatlarni olishga ko‘mak, shuningdek, ijaraga berish va lizingga oid masalalarni huquqiy jihatdan ta’minlash.
  • Mulk huquqlari

    Aksiyalar (ulushlar, paylar) egalari korporativ huquqlarini amalga oshirish jarayonida yuridik hamrohlik, umumiy yig‘ilish qarorlarini noqonuniy deb topish bo‘yicha huquqiy choralar, registratorlar va tartibga soluvchi organlar oldida manfaatlarni himoya qilish.
  • Kriptoaktivlar va qimmatli qog'ozlar

    Kriptoaktivlarni amaldagi qonunchilik talablari asosida legallashtirish, kriptoaktivlarga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish, ma'muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha yuridik himoya ko‘rsatish, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha huquqlarni amalga oshirish jarayonini tashkil etish.
  • Bitimlar

    Mijoz ehtiyojlariga mos shartnoma konstruktsiyalarini tanlab berish, shartnoma loyihalarini tayyorlash, xavflarni baholash va ularni alohida ko‘rsatib berish, mol-mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitimlarni yuridik jihatdan to‘g‘ri tuzilmalashtirish.
  • Boshqaruv

    Tashkiliy tuzilmalarni (fondlar, jamiyatlar, ishonchli boshqaruv) tashkil etishda yuridik hamrohlik, mol-mulkni sug‘urtalash jarayonini tashkil etish, sug‘urtalovchi bilan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha yuridik qo‘llab-quvvatlash.
  • Sud tartibida himoya qilish

    mulkni noqonuniy egalikdan qaytarib olish, mulkdan foydalanish va tasarruf etishga to‘sqinliklarni bartaraf etish, mulk huquqini tan olish, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar qarorlarini nizolash, soliq organlari bilan sud nizolari.
Biz bilan bog‘laning. Biz sizga huquqiy yordam ko‘rsatishga va savollaringizga javob berishga tayyormiz:
E-mail: legal@lavh.uz
Telefon: +998 73 200 07 08