Оставьте заявку Murojaat qoldiring

Soliq bo‘yicha konsalting va nizolar

Korporativ mijozlarga

Soliqni rejalashtirish biznesning qonuniy va barqaror rivojlanishining fundamental elementi boʻlib, huquqiy maydon doirasida fiskal majburiyatlarni strategik boshqarishni taʼminlaydi. Uning ahamiyati soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashda emas, balki qonunchilikda koʻzda tutilgan mexanizmlar: tashkiliy tuzilmani maqbullashtirish, mos keladigan soliqqa tortish rejimlarini tanlash, xalqaro shartnomalarni qoʻllash hamda xoʻjalik operatsiyalarini toʻgʻri rasmiylashtirish orqali kompaniyaning shaffof va oldindan prognoz qilinadigan moliyaviy arxitekturasini barpo etishdan iborat. Bu esa korxonaning rentabelligi va raqobatbardoshligini oshirish bilan bir qatorda, qoʻshimcha soliq hisoblashlari, jarima sanksiyalari va jinoiy javobgarlikka tortilish xatarlarini minimallashtirish imkonini beradi.

Soliqni toʻgʻri rejalashtirish, shuningdek, regulyatorlar, banklar va potensial investorlar tomonidan qoʻyiladigan shaffoflik talablariga muvofiqlikni taʼminlagan holda, biznesning investitsiyaviy jozibadorligi uchun huquqiy asosni shakllantiradi. Yuridik jihatdan puxta ishlangan soliq strategiyasi kompaniyaga qonunchilikdagi oʻzgarishlarga tezkorlik bilan moslashish, fiskal organlar bilan boʻladigan nizolarda oʻz nuqtayi nazarini asosli ravishda himoya qilish hamda insofsizlikda ayblanish bilan bogʻliq reputatsiya yoʻqotishlarining oldini olish imkonini beradi. Shunday qilib, u nafaqat mablagʻlarni tejash vositasiga, balki biznesning uzoq muddatli moliyaviy va huquqiy xavfsizligining asosiy omiliga aylanadi.

Xizmatlar

Soliq konsaltingi
  • Soliq xatarlarini tahlil qilish va fiskal yuklamani maqbullashtirish.
  • Soliqqa tortishning maqbul rejimini tanlash va biznesni tarkiblashtirish
  • Soliq strategiyasini ishlab chiqish va bitimlar oqibatlarini prognoz qilish.
  • Soliqqa tortishning tarmoq xususiyatlari (QQS, aksizlar, foyda soligʻi) boʻyicha maslahat berish.
Soliq munosabatlari boʻyicha Due Diligence va bitimlarni huquqiy kuzatib borish

  • Kompaniyalarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish va investitsiyaviy bitimlarda soliq auditini (Due Diligence) oʻtkazish.
  • Soliq oqibatlarini minimallashtirish uchun shartnomalar va operatsiyalarni tarkiblashtirish.
  • Korporativ qayta tashkil etish doirasida soliq xatarlarini tahlil qilish.
Soliq komplayensi va hisobdorligi

  • Soliq nazorati va xatarlarni boshqarish boʻyicha ichki siyosatlarni ishlab chiqish.
  • Soliq hisobotlari tayyorlanishining toʻgʻriligini huquqiy jihatdan tahlil qilish.
  • Elektron hujjat aylanishini hamda soliq organlari bilan oʻzaro hamkorlikni kuzatib borish.
Xalqaro soliqqa tortish

  • Ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitimlarni hisobga olgan holda transchegaraviy operatsiyalarda soliqlarni maqbullashtirish.
Raqamli soliqqa tortish va yangi texnologiyalar
  • Kripto-aktivlar, IT-xizmatlar va raqamli platformalar bilan bogʻliq operatsiyalarni soliqqa tortish boʻyicha maslahatlar.
  • Biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish doirasida soliq majburiyatlarini tahlil qilish.
  • Raqamli iqtisodiyotni tartibga solishdagi oʻzgarishlarga soliq strategiyasini moslashtirish.
Soliq tekshiruvlarini hamrohlikda olib borish
  • Kameral va sayyor soliq tekshiruvlari davomida kompaniya manfaatlarini himoya qilish.
  • Soliq organlarining qarorlari ustidan sudgacha boʻlgan tartibda va sudda shikoyat qilish.
  • Toʻlovlarni, jarimalarni va penyalarni qoʻshimcha hisoblash boʻyicha nizolarda manfaatlarni hisoya qilish.
Biz bilan bog‘laning. Biz sizga huquqiy yordam ko‘rsatishga va savollaringizga javob berishga tayyormiz:
E-mail: legal@lavh.uz
Телефон: +998 73 200 07 08