litsenziyadan tortib mijozlar bilan shartnomalargacha
«Start paket»: Biznesni tashkil etish va legallashtirishda hamrohlik qilish
Tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash: Oʻzbekiston qonunchiligining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, YaTT yoki yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish oʻrtasidagi tanlov boʻyicha maslahatlar.
Tadbirkorlik subyektini Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Turizm faoliyati uchun litsenziya olish.
Turizm xizmatlariga muvofiqlik sertifikatlarini olish boʻyicha maslahatlar.
«Antikrizis paket»: Tekshirishlar va nizolarda himoya qilish
Turistlarning shikoyat va eʼtirozlari boʻyicha huquqiy himoya: asoslantirilgan javoblarni tayyorlash, nizolarni sudgacha hal qilish.
Turistlarning daʼvolari (sifatsiz xizmatlar, zararni qoplash) boʻyicha sudlarda turoperator manfaatlarini himoya qilish.
Nazorat qiluvchi organlarning tekshirishlarida advokatlik himoyasi.
Yuridik autsorsing: shartnomaviy ishlar va hujjatlar aylanmasi
Turistlar va kontragentlar (mehmonxonalar, tashuvchilar (avia, t/m, avto), ekskursiya boshlovchilar (gidlar), sugʻurta kompaniyalari) bilan shartnomalarni ishlab chiqish;
Turagentlar bilan turlarni realizatsiya qilish boʻyicha agentlik shartnomalarini tayyorlash.
Mijozlar uchun namunaviy shakllarni tayyorlash: shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik xati, turist eslatmasi va boshqalar.
«Rivojlanish» paketi: audit va risklarni baholash
Kompaniya biznes-jarayonlarining turizm va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xatarlar hamda qonunbuzilishlarni aniqlash boʻyicha yuridik auditi.
Koʻchmas mulk bitimlarini yuridik hamrohlik qilish (ijara, ofis sotib olish).
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimlar (gidlar, menejerlar, haydovchilar) uchun mehnat shartnomalari va ichki hujjatlarni ishlab chiqish.
Tovar belgisini (turoperator brendini) roʻyxatdan otkazish.
«Mehmon paketi»: xalqaro faoliyatni huquqiy qoʻllab-quvvatlash
Oʻzbekistonga xorijiy turistlarning kirishi va boʻlishining amaldagi qoidalari boʻyicha maslahatlar berish (viza masalalari, roʻyxatdan oʻtish tartibi).
Xorijiy hamkorlar (chet el turoperatorlari, aviakompaniyalar, xorijdagi mehmonxonalar) bilan tuzilgan shartnomalarning huquqiy tahlili.
Oʻqitish va treninglar
Xodimlar uchun quyidagi sohalarda qonunchilik talablariga rioya qilish boʻyicha seminar va treninglar oʻtkazish:
turizm
reklama
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
Keyslar va potensial xatarli holatlar tahlili.
Reklama va marketing
Reklama materiallarini (maketlar, videoroliklar, audioyozuvlar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, tarqatmalarni) eʼlon qilinishidan oldin huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.
Ofertalar, aksiyalar, konkurslar va lotereyalarning toʻgʻriligini tekshirish.
Reklamaga xos xususiyatlarni ochib berish qoidalariga rioya etilishini tahlil qilish (tabiiy reklama, blogerlar bilan ishlash).
Marketing maqsadlarida shaxsiy maʼlumotlardan foydalanish masalalari boʻyicha maslahatlar berish.
Qonunbuzilishlarini oʻz ichiga olgan, allaqachon eʼlon qilingan reklamalarni proaktiv tarzda aniqlash va imkon qadar tezroq bartaraf etish.
Reklama agentliklari, blogerlar va hamkorlar bilan shartnomalarni tayyorlash.
Aksiyalar, konkurslar va lotereyalarni oʻtkazish qoidalarini tuzish.
Notoʻgʻri reklama masalalari boʻyicha raqobatchilar va nazorat qiluvchi organlar bilan yuzaga keladigan nizolarda manfaatlarni himoya qilish.
Qonunbuzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar va sud qarorlari ustidan shikoyat qilish.
Raqobatchilarning notoʻgʻri reklamasi boʻyicha nazorat qiluvchi organlarga shikoyatlar kiritish, shuningdek, biznesni asossiz daʼvolardan himoya qilish.
Qiyosiy reklamani huquqiy tahlil qilish, obroʻsizlantirishga va isteʼmolchilarni chalgʻitishga qarshi kurashish.
Biz bilan bog‘laning. Biz sizga huquqiy yordam ko‘rsatishga va savollaringizga javob berishga tayyormiz: